Guzal Shukurova — Tabiiy qoshlarni tiklash va tartiblash bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk mutaxassis
Grafikasiz qoshlar — bu sun’iy bo‘yoq va kimyoviy tarkiblarsiz qoshlarning tabiiy go‘zalligini qaytarish san’ati. 2019-yildan buyon permanent, laminatsiya va muvaffaqiyatsiz transplantatsiyadan keyingi qoshlarni o‘z mualliflik uslubim bilan qayta tiklayman.
Guzal Shukurova
O’zbekistondagi ilk tabiiy qoshlar mutahassis
Grafikasiz qoshlar

Kiprik parvarishi

Shugaring
Qosh o‘stirish va lab parvarishi
MEN HAQIMDA
“Grafikasiz qoshlar” — bu tabiiy qoshlar bilan to‘g‘ri ishlash va ularni tartibga keltirish san’ati.
Men — Guzal Shukurova, O‘zbekistonda tabiiy qoshlarni tartiblash va tiklash bo‘yicha ilk mutaxassislardan biriman.
2019-yilda o‘z faoliyatimni boshlaganman. Tabiiy arxitektura bo‘yicha boshlang‘ich baza kursini onlayn tarzda o‘qiganman.
O‘zimning qoshlarim ham permandan keyin zaiflashib qolgan edi va men permand izlarini butunlay yo‘qotib, katta tajriba orttirganman.
Tabiiy qoshga to‘g‘ri ekilgan qoshlarni (transplantatsiya) tiklash orqali, qayta ekishga ehtiyoj yo‘qligini amalda isbotlaganman. Shuningdek, laminatsiya, oqartirish va to‘g‘ri korreksiya jarayonlaridan keyin qoshlarni tiklab, shaklini to‘g‘rilash mumkinligini ko‘rsatganman. Agar qoshlar bilan to‘g‘ri ishlansa va tartibga solinsa, hech qanday qo‘shimcha kimyoviy vositalar yoki ortiqcha muolajalar shart emas.
Men har qanday turdagi qosh va kipriklarni tabiiy usulda o‘stirish va tiklash bo‘yicha tajribaga egaman.
Natija beradigan, sinovdan o‘tgan sarum va zardoblardan foydalangan holda qosh, kiprik va lablar bilan tabiiy hamda noyob uslubda ishlayman.
✨ Mualliflik usulim orqali permand, laminatsiya va transplantatsiyadan keyingi holatlar bilan ishlab, ijobiy va qoniqarli natijalarga erishganman.
Shuningdek, onlayn o‘qitish orqali bu bilimlarni boshqalarga ham o‘rgataman.
KURSLAR BILAN TANISHISH UCHUN BOSING
MUALLIFLIK KURSLARIM
Kurs #1
O‘z-o‘ziga tabiiy qoshlar bilan to‘g‘ri ishlash (grafikasiz qoshlar) kursi
Kurs #2
Grafikasiz qoshlar mutaxassisi kursi
Kurs #3
O‘z-o‘ziga kiprik laminatsiyasi
Service #4
O‘z-o‘ziga shugaring kursi
Kurs #5
Qosh, kiprik va lab parvarishi kursi
Kurs #6
Kiprik laminatsiyasi kursi
❓ Tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ)
Made on
Tilda